Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

G‘azoga yordam olib borayotgan Global Sumud flotiliyasi tashkilotchilari juma kuni Telegram’da bayonot berib, xorijlik faollar Isroil hibsxonasida zo‘ravonlikka uchragani, kamida 15 kishi jinsiy tajovuz yoki zo‘rlashga duch kelganini ma’lum qildi.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bir necha faol jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Isroil yuzlab faollarni deportatsiya qilgan.

Germaniya hukumati flotiliyadagi ba’zi fuqarolari jarohat olganini va ayblovlar “jiddiy” ekanini bildirdi. Italiyada prokurorlar o‘g‘irlash va jinsiy tajovuz kabi jinoyatlarni tergov qilmoqda.

Isroil kuchlari seshanba kuni xalqaro suvlarda 50 ta kemada 430 kishini hibsga olgan. Ular G‘azoga yordam yetkazishga urinayotgan edi.

Isroilning o‘ta o‘ngchi milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning Ashdod shahridagi vaqtinchalik saqlash joyida xorijlik faollarni masxara qilgan videosi tarqaldi. Videoda faollar kishanlangan va tiz cho‘kkan holatda, Isroil madhiyasi yangrayapti.

Italiyalik iqtisodchi Luca Poggi: “Bizni yechintirishdi, yerga uloqtirishdi, tepishdi. Ko‘pchilikni elektr toki bilan urishdi, ba’zilari jinsiy tajovuzga uchradi, advokat bilan uchrashishga ruxsat berilmadi”, dedi.

Italiyalik faol Ilaria Mancosu ularni qamoq kemalariga olib ketilganini, bir kemadagilar boshqasiga nisbatan ko‘proq zo‘ravonlik ko‘rganini aytdi. Ular konteynerga qamalib, besh askar tomonidan kaltaklangan, qovurg‘a va qo‘llari singan.

Isroil qamoqxona xizmati ayblovlarni rad etib, “barcha mahbuslar qonun asosida, asosiy huquqlari hurmat qilinib saqlanadi” dedi.

Flotiliya harakati 2006 yilda Livandagi urush paytida boshlangan. 2010 yilda Mavi Marmara kemasiga hujumda 10 faol halok bo‘lgan edi.

Source: www.aljazeera.com