Myanmaning shimoliy-sharqidagi Namhkam tumani Kaungtup qishlog‘ida 31 may kuni kunduzi sodir bo‘lgan kuchli portlashda 46 kishi, jumladan 6 nafar bola hayotdan ko‘z yumdi. Mahalliy qutqaruv xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, 70 dan ortiq kishi jarohatlanib, kasalxonaga yotqizilgan. Portlash natijasida 100 dan ortiq turar joy binosi shikastlangan.
Hodisa Xitoy bilan chegaradan uch kilometr janubda joylashgan hududda yuz bergan. Ushbu hududni Taang milliy ozodlik armiyasi (TNLA) nazorat qiladi — bu etnik qurolli guruh vaqti-vaqti bilan markaziy hukumat bilan to‘qnashuvlarga kirishadi.
TNLA rasmiy veb-saytida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, portlashga konchilikda ishlatiladigan gelignit moddasining noto‘g‘ri saqlanishi sabab bo‘lgan. Voqea sabablari hali aniqlanmoqda.
Taang armiyasi vakillari halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga har tomonlama yordam ko‘rsatishga, shuningdek, uylari shikastlangan aholini ko‘chirishga yordam berishga va’da berdi.
Source: kun.uz