Xitoyning Jiangsu provinsiyasida dunyodagi eng yirik integratsiyalashgan quyosh-vodorod elektr stansiyasi qurib bitkazildi. Loyiha China Energy Investment Corp tomonidan amalga oshirildi.
Stansiya 400 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi, 60 MVt/120 MVt-soat energiya saqlash tizimi, yiliga 482 tonna "yashil" vodorod ishlab chiqaradigan qurilma va 220 kV podstansiyani o‘z ichiga oladi.
Maxsus suv osti kabeli quyosh qurilmasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri vodorod qurilmasiga ulaydi. Yuqori ishlab chiqarish davridagi ortiqcha energiya elektrolizga yo‘naltiriladi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, stansiya yiliga taxminan 468 GVt-soat energiya ishlab chiqaradi, bu deyarli 200 ming xonadonni ta’minlash uchun yetarli.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi birinchi AES loyiha quvvatiga chiqqach, yiliga taxminan 15,4 milliard kVt-soat energiya ishlab chiqarishi, bu respublika umumiy elektr energiyasi iste’molining 15 foizidan ko‘prog‘ini qoplashi haqida xabar berilgan edi.
Source: podrobno.uz