Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Isroil Somalilandning mustaqilligini tan olganidan olti oy o‘tib, mamlakat rahbari Abdirahman Mohamed Abdullahi (Cirro nomi bilan tanilgan) Quddusda katta tantana bilan kutib olindi. Bu Somaliland yetakchisining Isroilga birinchi rasmiy tashrifi bo‘ldi.

Bosh vazir Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvda Abdullahi: “35 yil davomida biz dunyodan bizni ko‘rishni so‘radik. Isroil va siz shaxsan bizni birinchi bo‘lib ko‘rdingiz va tanidingiz”, dedi. Netanyaxu esa bu qarorni yahudiy xalqining tarixiy tajribasi bilan izohladi.

Tashrif davomida strategik hamkorlik deklaratsiyasi imzolandi va Somaliland G‘arbiy Quddusda elchixonasini ochdi. Bu qaror Falastin, Islom hamkorlik tashkiloti va Arab Ligasi tomonidan qoralandi.

Isroil uchun Somaliland Qizil dengiz va Bob al-Mandab bo‘g‘oziga yaqinligi bilan muhim strategik ahamiyatga ega. Tahlilchilarning fikricha, Isroil bu hududda harbiy mavjudligini kuchaytirishga intilmoqda. Somaliland prezidenti harbiy baza masalasida “buni istisno qilolmayman”, dedi.

Somalining tashqi ishlar vaziri bu kelishuv “mintaqaga mojaroni olib kirishidan” qo‘rqishini bildirdi. Shu bilan birga, Somalilandin sobiq prezidenti va diniy ulamolar Isroil bilan hamkorlikni tanqid qilmoqda.

Source: www.aljazeera.com