Amerikalik taniqli rejissor va prodyuser Jeyms Berrouz 85 yoshida vafot etdi. Uning oilasi rejissorning yaqinlari qurshovida dunyodan o‘tganini ma’lum qildi. O‘lim sababi oshkor etilmagan.
Berrouz televizion sitkomlar tarixidagi eng muhim shaxslardan biri sifatida tanilgan. U o‘z faoliyati davomida 1000 dan ortiq televizion epizodlarni suratga olgan va 11 marta Emmy mukofotiga sazovor bo‘lgan.
U “Quvnoq kompaniya” serialining yaratuvchilaridan biri bo‘lib, “Do‘stlar”, “Taksi”, “Frezer”, “Uill va Greys”, “Katta portlash nazariyasi” kabi mashhur loyihalarni boshqargan. Uning ishi amerika komediyasining ritmini o‘nlab yillar davomida belgilab berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor Xadiya Yusupova 88 yoshida vafot etgan edi. U maqom san’atining yirik namoyandalaridan biri edi.
Source: podrobno.uz