Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Britaniyaning Dettol gigiyena brendi Xitoyda namoyish etilgan reklamasi uchun uzr so‘radi. Reklama dastlab jinsiy kamsitishni tanqid qilish maqsadida tayyorlangan bo‘lsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda katta norozilikka sabab bo‘ldi.

Besh daqiqalik mikro-drama uslubidagi reklamada erkak “toza” va “boshqa erkaklar tomonidan bulg‘anmagan” ayol qidirishi tasvirlangan. So‘nggi daqiqalarda uning yangi qiz do‘sti uni misoginiya (ayollarga nisbatan nafrat) uchun tanqid qilib, ajralishadi va Dettol “zaharli erkaklar”ga qarshi vosita sifatida ko‘rsatiladi.

Reklama Xitoy internetida shiddatli munozaralarga sabab bo‘ldi. Ba’zi foydalanuvchilar uni ayollarni ob’ektivlashtirishda ayblab, brendni boykot qilishga chaqirdi. Dettol reklamani olib tashladi va “ayollarni, xususan, ranjitgani uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini” bildirdi.

Kompaniya, shuningdek, kontentni tekshirish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqishini ma’lum qildi. Dettolning ta’kidlashicha, reklama gender stereotiplarini tanqid qilishni maqsad qilgan, ammo ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qisqa parchalar asosiy xabarni buzib ko‘rsatgan.

Bu Dettolning Xitoyda birinchi marta bahs-markaziga aylanishi emas. O‘tgan yili ham uning “Ayol to‘y oldidan ‘qaytarildi’, chunki u toza emas edi” degan reklamasi tanqidga uchragan edi.

Source: www.bbc.co.uk