Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Venesuelada sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 235 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Karlos Alvarado ma’lum qildi. 4,3 mingdan ortiq jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Jabrlanganlarning aksariyati engil jarohat olgan, ammo og‘ir ahvoldagi bemorlar ham bor. Eng og‘ir vaziyat La-Guayra shtatida kuzatilmoqda. U yerda qurolli kuchlar va Qizil Xochning dala shifoxonalari ishlamoqda. Butun mamlakat bo‘ylab favqulodda vaziyatlarga javob berish mexanizmi ishga tushirildi, zarar ko‘rgan hududlarga besh mingdan ortiq tibbiyot xodimlari yuborildi.

Kecha tuni Venesuela qirg‘oqlari yaqinida 7,2 va 7,5 magnitudali ikki qator silkinishlar ro‘y berdi. Epitsentrlar Moron shahridan 16 km va San-Felipedan 24 km uzoqlikda joylashgan.

Sakkizta shifoxona, 20 ta savdo markazi va 68 ta infratuzilma ob’ekti shikastlangan. 250 ta bino vayron bo‘lgan yoki zarar ko‘rgan. Bu zilzila mamlakatda 126 yil ichidagi eng kuchli zilzila bo‘ldi.

Source: podrobno.uz