Toronto shahridagi Amerika Qo'shma Shtatlari Bosh konsulligi binosi oldida yana otishma sodir bo'ldi. Bu voqea to'rt oy ichida ikkinchi marta yuz bermoqda.
Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, 5 dekabr kuni ertalab soat 5:00 atrofida noma'lum shaxslar konsullik binosi tomon o'q uzgan. Hech kim jabrlanmagan, ammo binoning fasadiga zarar yetgan va o'q qobig'i topilgan.
Voqea joyidan oq rangli sedan avtomobili qochib ketgan. Politsiya uni qisqa muddat ta'qib qilgan, biroq haddan tashqari tezlik tufayli xavfsizlikni hisobga olib ta'qibni to'xtatgan.
Hozircha hech kim hibsga olinmagan va tergov davom etmoqda. AQSh Davlat departamenti Vashingtonning Kanada rasmiylari bilan yaqin hamkorlikda ish olib borayotganini ma'lum qildi.
Ontario provinsiyasi bosh vaziri Dug Ford barcha aybdorlarni topish, jinoiy javobgarlikka tortish va qonuniy jazolashni talab qildi.
Mart oyida ham xuddi shu konsullik binosiga bir necha marta o'q uzilgan edi. O'shanda gumonlanuvchilarni qo'lga olish operatsiyasida bir politsiyachi halok bo'lgan.
Toronto politsiyasi iyun oyida yoshlarni shifrlangan messenjerlar orqali turli nishonlarga, jumladan sinagogalar, yahudiy maktablari va AQSh konsulligiga o'q otishga jalb qilinayotgani haqida xabar bergan edi. Biroq politsiya bu da'volarni isbotlovchi dalillarni keltirmagan.
Source: www.aljazeera.com