Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yaponiyaning Kyushu orolida 28 iyul kuni yuz bergan kuchli zilzila butun mamlakatni larzaga soldi. Tabiiy ofat oqibatida 150 mingdan ortiq odam xavfsiz joylarga ko‘chirildi.

Zilzila natijasida elektr ta’minotida uzilishlar yuz berdi, ko‘plab yo‘llar shikastlandi, qal’a devorining bir qismi qulab tushdi va piyodalar ko‘prigi vayron bo‘ldi. Kumamoto prefekturasidagi qog‘oz fabrikasida mo‘rining qulashi oqibatida bir necha kishi bedarak yo‘qolgan.

Yaponiya davlat teleradiokompaniyasi NHK ma’lumotlariga ko‘ra, 40 mingdan ortiq uy xo‘jaligi elektrsiz qolgan. Politsiya xodimlari qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda, ammo zarar miqdori va qurbonlar soni haqida aniq ma’lumot hozircha yo‘q.

Yaponiya hukumati favqulodda shtab tuzib, hududga qutqaruv guruhlarini yubordi. Mahalliy aholi ogohlantirilib, keyingi silkinishlar xavfi borligi sababli ehtiyot choralarini kuchaytirishga chaqirildi.

Source: www.bbc.co.uk