Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Italiya politsiyasi Sitsiliya qirg‘oqlari yaqinida qadimiy Rim kemasi topilganini ma’lum qildi.

Kema qoldiqlari Mazaro del Vallo shahridan taxminan uch dengiz mili uzoqlikda, 46 metr chuqurlikda aniqlangan.

Italiya madaniyat vaziri Alessandro Julining so‘zlariga ko‘ra, bu so‘nggi yillardagi eng muhim suv osti arxeologik topilmalaridan biridir.

Dastlabki tekshiruvlar kemaning miloddan avvalgi II-I asrlarga tegishli ekanini ko‘rsatmoqda.

Joyda yuzlab amforalar — vino tashish uchun ishlatilgan sopol idishlar topilgan. Mahalliy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, kema uzunligi 21 metr, kengligi 6 metr bo‘lib, asosan Dressel 1A amforalarini tashigan.

Topilmani mahalliy baliqchilar tasodifan aniqlagan. G‘avvos Jakomo De Mola o‘zining Instagram’ida bu kashfiyotni “hayotimdagi eng ajoyib kashfiyot” deb atadi va dastlab kemani oddiy tosh deb o‘ylaganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dengiz tubida 2000 yildan ortiq vaqt davomida saqlanib qolgan yuzlab amforalar — Rim kemasi O‘rta yer dengizi sukunatida uxlab yotibdi.

Shuningdek, Shimoliy Afrikadan kelgan Lamboglia 2 amforalari va neo-punik amforasi ham topilgan. G‘avvos bu topilmani “2000 yil avvalgi O‘rta yer dengizi savdo yo‘llarining ajoyib guvohi” deb atadi.

Source: www.dw.com