Fransiya Konstitutsiyaviy kengashi 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni konstitutsiyaga zid deb topib, uni blokladi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.
Kengash qaroriga ko‘ra, ushbu hujjat so‘z erkinligini buzadi. Iyul oyida Fransiya parlamenti 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni ma’qullagan edi. Fransiya Yevropa Ittifoqida bunday cheklovni joriy etgan birinchi davlat bo‘lishi mumkin edi.
Parlamentning ikkala palatasi — Senat va Milliy assambleya — 21 iyulda ushbu qonunni ma’qullagan. Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, parlament ma’qullaganidan so‘ng normativ hujjatlar Konstitutsiyaviy kengashda tekshiruvdan o‘tadi va faqat buzilishlar aniqlanmasa, prezident tomonidan imzolanadi.
Konstitutsiyaviy kengashning qarori Fransiya hukumatining bolalarni raqamli tahdidlardan himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlariga zarba bo‘ldi. Mutaxassislar bu qaror bolalar xavfsizligi va so‘z erkinligi o‘rtasidagi muvozanatni saqlash masalasini yana bir bor kun tartibiga qo‘yganini ta’kidlamoqda.
Source: podrobno.uz