Janubiy Koreyaning Seul shahar sudi dushanba kuni Unification cherkovi rahbari Han Hak Ja (83 yosh) ni pora berishda aybdor deb topib, ikki yillik qamoq jazosiga hukm qildi. U marhum asoschi Son Myung Munning bevasi bo‘lib, cherkovning nufuzli va yopiq rahbari hisoblanadi.
Han Hak Ja sobiq birinchi xonim Kim Keon Xiga qimmatbaho sovg‘alar, jumladan dizayner sumkasi topshirganlikda ayblangan. Ayblovga ko‘ra, u bu orqali siyosiy imtiyozlar olishga uringan. Biroq Han ayblovlarni rad etib, sovg‘alarni vositachi orqali uzatganini inkor qilgan.
Sud jarayonida Hanning advokatlari apellyatsiya berishlarini e’lon qilishdi. Bu ish Janubiy Koreya siyosiy doiralarida katta rezonansga sabab bo‘ldi, chunki Kim Keon Xi ham poraxo‘rlikda ayblanib, sudlangan.
Kimning turmush o‘rtog‘i, sobiq prezident Yun Sok Yol ham harbiy holat e’lon qilishga urinishdan keyin hibsga olingan. Uning hokimiyati demokratik qadriyatlarning zaiflashuvi va ommaviy axborot vositalariga bosim bilan esda qolgan.
Rasmiy nomi “Jahon tinchligi va birligi uchun oila federatsiyasi” bo‘lgan cherkov 1950-yillarda Han va uning marhum turmush o‘rtog‘i tomonidan asos solingan. Cherkov ommaviy to‘ylar, maxfiylik va kultga o‘xshash xatti-harakatlar hamda ta’sir o‘tkazishda ayblanadi.
Cherkov ta’siri Koreyadan tashqarida, ayniqsa Yaponiyada keng tarqalgan. Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Shinzo Abe cherkov bilan oilaviy aloqalari tufayli o‘ldirilgan edi.
Source: www.dw.com