Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️CBS News nashrining Isroildagi manbalarga tayanib tarqatgan maʼlumotlariga koʻra, Isroil harbiylari bortida 150 nafar yoʻlovchi boʻlgan Flydubai aviakompaniyasining samolyotini urib tushirishga qatʼiy tayyorgarlik koʻrgan. Ushbu favqulodda vaziyat ikkinchi uchuvchi tomonidan samolyot kapitaniga hujum qilinganidan keyin kelib chiqqani aytilmoqda. Hozirda voqealar rivoji jiddiy xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.

️Tergovchilarning taxminlariga koʻra, Oʻmon fuqarosi boʻlgan 29 yoshli ikkinchi uchuvchi Hammam al-Hammamiy samolyotni Ben-Gurion aeroportiga yoki Tel-Aviv shahridagi yirik binolardan biriga qaratib urmoqchi boʻlganini goʻyoki tan olgan. Isroil tomoni 11-sentabr teraktlari ssenariysiga oʻxshash tahdidlarga qarshi maxsus harakatlanish tartibini ishga tushirgani va oʻz havo kengliklarini zudlik bilan yopgani xabar qilinmoqda.

️Maʼlum qilinishicha, samolyot keskin pastlab ketganidan soʻng, Isroil harbiy-havo kuchlari ekipaj bilan aloqa oʻrnatishga urinib koʻrgan, biroq urinishlar samara bermagan. Shundan soʻng darhol maxsus qoʻmita yigʻilishi chaqirilib, boshqaruv markazi tashkil etilgan hamda qiruvchi samolyotlar havoga koʻtarilgan. Biroq layner yoʻnalishini oʻzgartirib, Saudiya Arabistoni tomon uchgani sababli qiruvchilar ortga qaytarilgan.

️Isroillik mulozimlar va ekspertlar bu kabi holatlarda qatʼiy choralar koʻrilishi muqarrarligini taʼkidlashmoqda. Agar samolyot oʻz yoʻnalishini saqlab qolganida, Isroil rejimi va uning harbiylari quruqlikdagi nishonlarga yetkazilishi mumkin boʻlgan ulkan talafotlarning oldini olish uchun eng keskin qarorlarni qabul qilishga majbur boʻlishardi.

Source: kun.uz