Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Fransiyaning Strasburg shahrida joylashgan Yevropa parlamentining binosida AQSh rejimi rahbari Donald Trampni aks ettiruvchi hajviy haykal keng jamoatchilik e'tiboriga havola etildi. Balandligi 2,5 metr bo'lgan va 23 karatli oltin suvi yuritilgan ushbu san'at asari Daniya rassomi Yens Galstxot tomonidan yaratilgan bo'lib, "To'q sariq o'rum" deb nomlangan va ayni paytda "Adolatsizlik qiroli" sifatida ham tanilgan.

Kompozitsiyaga ko'ra, yalang'och holda tasvirlangan AQSh rejimi yetakchisi qo'lida uzun oltin tayoq ushlab, yuk ostida qolib borayotgan kichikroq insonning yelkasiga minib olgani ifodalangan. Rassomning ta'kidlashicha, mazkur asar global iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish choralariga to'sqinlik qilayotgan siyosatchilarga nisbatan norozilik ramzi hisoblanadi. Haykal yonida uning ma'nosini tushuntiruvchi maxsus eslatma kartochkalari ham o'rnatilgan.

Ushbu provokatsion ko'rgazmani Yevroparlament binosiga Daniya so'l qanot deputati Per Klauzen taklif etgani ma'lum bo'ldi. Siyosatchining so'zlariga ko'ra, u AQSh rejimining ehtimoliy g'azabidan aslo qo'rqmaydi va bunday tanqidlarga chiday olmagan shaxslarning xalqaro maydonda o'rni yo'qligini iddao qilgan. Hozircha Vashington rasmiylari yoki Trampning o'zi bu holatga hech qanday munosabat bildirgani yo'q.

Mazkur haykal bundan oldin ham Yevropaning bir nechta shaharlarida, shuningdek, Braziliyaning Belem shahrida o'tkazilgan BMTning COP30 iqlim anjumanida ham namoyish etilgan edi. Haykal parlament binosini bog'lab turuvchi chorrahada o'rnatilgan bo'lib, uning namoyishi payshanba kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Source: www.dw.com