Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Argentina futbolining afsonaviy vakili Lionel Messi milliy jamoa safidagi soʻnggi oʻyinini oʻtkazib, xalqaro maydondagi faoliyatiga rasman nuqta qoʻydi. Beninga qarshi kechgan uchrashuv mamlakat futbol tarixidagi muhim va ayni paytda hissiyotlarga boy voqealardan biriga aylandi. Uchrashuvning ramziy ravishda oʻninchi daqiqasida oʻyin qisqa muddatga toʻxtatilib, stadionga yigʻingan minglab muxlislar va maydondagi futbolchilar taniqli hujumchini oʻrnlaridan turib olqishlashdi.

Oʻyin yakunlangach, «Monumental» stadionida 39 yoshli futbolchi muxlislar qarshisida oʻn daqiqa davom etgan hayajonli va taʼsirli nutq soʻzladi. Oʻz chiqishida u yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida milliy jamoa libosini kiyish sharaf boʻlganini taʼkidlab, oʻzining eng ogʻir damlarda ham mamlakat sharafini munosib himoya qilishga intilganini qayd etdi.

Shuningdek, Messi oʻzining soʻnggi yillardagi gʻalabalari, jumladan, jahon chempionligi va Amerika kubogini qoʻlga kiritish yoʻlida unga yelkadosh boʻlgan barcha jamoadoshlariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu libosda toʻp surish uning hayotidagi eng goʻzal davr boʻlgan va jamoadan ketish uning uchun ogʻir qarorga aylangan.

Source: kun.uz