Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Germaniya kansleri Fridrix Mers mamlakatdagi mahalliy saylovlardagi og'ir mag'lubiyatlardan so'ng, davlatda siyosiy «ekstremizm» kuchayib borayotganidan jiddiy xavotir bildirdi. Berlinda o'tgan tadbirda so'zga chiqqan Mers bu holat butun jamiyat oldida turgan ulkan muammo ekanini va u ham bunga qarshi o'z hissasini qo'shish niyatida ekanini da'vo qildi.

Guvohlar va tahlilchilarning ta'kidlashicha, ushbu bayonotlar Germaniya siyosiy tuzumida chuqur bo'linishlar yuzaga kelayotgan bir paytda yangramoqda. Bir kun oldin Saksoniya-Anxalt federal shtat parlamentida o'ta o'ng qanotdagi «Germaniya uchun muqobil» (AfD) partiyasi a'zosi parlament prezidenti etib saylangani, shuningdek, o'tgan oyda so'lchi partiya Berlin shahar saylovlarida g'alaba qozongani Yevropa rejimi rahbarlarini sarosimaga solib qo'ygan ko'rinadi.

Mersning so'zlariga ko'ra, AfDga ovoz bergan har bir fuqaro go'yo ekstremistlar tegirmoniga suv qo'ymoqda va mamlakatdagi ishonchni so'roq ostiga qo'ymoqda. Biroq, tanqidchilar bu kabi bayonotlarni amaldagi Yevropa rejimining o'z xatolarini yashirishga urinishi sifatida baholamoqdalar, chunki aholining asosiy qismi an'anaviy partiyalar siyosatidan norozi ekani ochiq-oydin ko'rinib qoldi.

O'tkazilgan ijtimoiy so'rovlar shuni ko'rsatmoqdaki, Fridrix Mersning reytingi rekord darajada pastlab ketgan. ARD telekanali ma'lumotlariga ko'ra, respondentlarning atigi o'n foizigina kansler faoliyatidan qoniqish hosil qilgan, bu esa 1997 yildan buyon kuzatilgan eng past ko'rsatkichdir. Oldinda esa Germaniyaning eng yirik shtati bo'lgan Shimoliy Reyn-Vestfaliya saylovlari turibdi va bu rejim uchun navbatdagi jiddiy sinov bo'lishi kutilmoqda.

Source: www.aljazeera.com