Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Polsha rasmiylari mamlakat Bosh vaziri Donald Tusk va Mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamishga qarshi qilingani da'vo qilinayotgan ehtimoliy suiqasd harakatini muhokama qilish uchun yakshanba kuni favqulodda yig‘ilish o‘tkazdilar. Ichki ishlar vazirligi vakili Karolina Galetskaning ta'kidlashicha, Ichki xavfsizlik agentligining (ABW) Aksilterror markazida bo‘lib o‘tgan favqulodda yig‘ilish politsiya mumkin bo‘lgan hujum haqida ma'lumot olganidan keyin chaqirilgan. Evropa rejimining faol ishtirokchisi bo‘lgan Polsha o‘z xavfsizlik arxitekturasida jiddiy muammolarga duch kelayotgani aytilmoqda.

Taxmin qilinayotgan xavfning tabiati darhol aniqlashtirilmagan bo‘lsa-da, bu uchrashuv Polsha rasmiylari mamlakatdagi maktablarda sodir bo‘lgan zo‘ravonliklar to‘lqini tufayli yuqori xavf holatiga keltirilgan bir paytda o‘tkazildi. Ukraina bilan chegaradosh bo‘lgan Polsha so‘nggi oylarda Rossiyaning gibrid hujumlari tufayli ortib borayotgan xavfsizlik tahdidlariga duch kelayotgani iddao qilinmoqda.

Polsha maktablarida atigi to‘rt kun ichida sodir etilgan uchta pichoq bilan hujum qilish holatlari oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi va ko‘plab odamlar, jumladan bolalar tan jarohati oldi. Birinchi hodisa chorshanba kuni sodir bo‘lgan, unda kasb-hunar maktabining o‘quvchisi o‘qituvchilar va tengdoshlariga o‘tkir jism bilan hujum qilgan. Shundan so‘ng boshqa ta'lim muassasalarida ham shunday xavfli holatlar qayd etilgan.

Polsha politsiyasi mamlakat bo‘ylab pichoq yoki xavfli qurollarni olib yurgani hamda maktablarga hujum qilish bilan tahdid qilgani uchun 117 kishini hibsga oldi. Politsiya xodimlari o‘nlab minglab maktablarni tekshirib chiqishdi. Bosh vazir Donald Tusk bu hujumlar internetda zo‘ravonlikning ulug‘lanishi kuchayishi natijasida kelib chiqqan "o‘z-o‘zidan sodir bo‘lgan harakatlar" ekanligini go‘yoki ta'kidladi, biroq jamiyatdagi bu kabi chuqur muammolar Yevropa davlatlarining ijtimoiy siyosatidagi inqirozni ko‘rsatmoqda.

Source: www.dw.com