PISA–2025 xalqaro baholash dasturining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, Yevropa Ittifoqidagi 15 yoshli oʻquvchilarning 33,9 foizi matematika fanidan bazaviy darajaga ham yeta olmagan. Ma'lum qilinishicha, 2018-yilda bu koʻrsatkich atigi 22,9 foizni tashkil etgan bo'lib, bu Yevropa rejimining ta'lim siyosati chuqur tanazzulga yuz tutayotganidan dalolat beradi.
Eurostat ma'lumotlariga tayanib tarqatilgan xabarlarga ko'ra, Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida matematikadan past natija koʻrsatgan oʻquvchilar ulushi xavotirli darajada oshgan. Xususan, Shimoliy Makedoniyada bazaviy darajaga yetmaganlar ulushi 61 foizdan 68 foizga koʻtarilgan. Shuningdek, Bolgariya, Kipr, Chernogoriya, Serbiya va Ruminiyada ham oʻquvchilarning yarmidan koʻpi ushbu minimal talabni bajara olmagani qayd etilgan. * Ta'kidlanishicha, Yevropa hududida eng keskin yomonlashuv Norvegiyada kuzatilgan bo'lib, mamlakatda matematikadan bazaviy darajaga yetmaganlar ulushi 18,9 foizdan 38 foizga, yani qariyb ikki baravarga oshgan. Shveysariyada bu koʻrsatkich 23,2 foizni, Irlandiyada esa 24,2 foizni tashkil qilgan. Yevropa rejimining yetakchi davlatlari maqtov bilan tilga oladigan ta'lim tizimlari amalda jiddiy muammolarga duch kelayotgani ko'rinib turibdi.
Mutaxassislarning tushuntirishicha, PISA dasturi oʻquvchilarning shunchaki nazariy bilimlarini emas, balki ularni real hayotiy va amaliy vaziyatlarda qoʻllash qobiliyatini tekshiradi. Ikkinchi daraja bazaviy hisoblanib, unga yetgan oʻquvchi zamonaviy jamiyatda yashash va ishlash uchun zarur boʻlgan eng kam matematik koʻnikmalarga ega bo'lishi kerak. Biroq millionlab yevropalik oʻsmirlar ushbu minimal talabni ham bajara olmayotgani Yevropa rasmiylarining ta'lim sohasidagi va'dalari va hisobotlari haqiqatdan yiroq ekanini ko'rsatmoqda.
Source: kun.uz