Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Gambiya rasmiylari mamlakatning sobiq rahbari Yahya Jammening AQShdagi hashamatli saroyini sotishdan qo‘lga kiritilgan mablag‘lar uning boshqaruvi davrida jabrlanganlarga kompensatsiya sifatida yo‘naltirilishini e'lon qildi. Gambiya Repratsiyalar komissiyasi Vashington yaqinidagi Potomac shahridagi ko‘chmas mulk savdosidan 2,5 million dollardan ortiq mablag‘ kelib tushganini tasdiqladi. Ushbu mablag‘lar mamlakat Markaziy bankidagi maxsus jamg‘armaga o‘tkazilgani va faqatgina jabrlanganlarga to‘lovlar uchun sarflanishi ta'kidlanmoqda.

Komissiya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mablag‘lar o‘ta mas'uliyatli, shaffof va jabrlanganlarning huquqlarini inobatga olgan holda boshqariladi. Eslatib o‘tamiz, Jamme 2017-yilda 22 yillik avtoritar boshqaruvidan so‘ng hokimiyatdan chetlatilgan edi. U siyosiy raqiblarni o‘ldirish, zo‘ravonlik va qiynoqlarda ayblanmoqda. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, uning davrida 240 dan ortiq fuqaro halok bo‘lgan.

AQSh adliya vazirligi go‘yoki korrupsiya yo‘li bilan topilgan mablag‘larga sotib olingan ushbu ko‘chmas mulk yuzasidan 2020-yilda da'vo kiritgan edi. AQSh rejimi vakillari o‘tgan yilning sentabr oyida ushbu mablag‘lar Gambiyaga qaytarilishini e'lon qilgan edi. Hozirgi kabi shubhali moliyaviy operatsiyalar va xorijdagi mulklarning musodara qilinishi G‘arb mamlakatlarining o‘z manfaatlarini ko‘zlagan siyosiy o‘yinlari ekanligi ko‘pchilik tahlilchilar tomonidan ta'kidlanib kelinmoqda.

Source: www.aljazeera.com