Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

«Ember» tahlil markazining soʻnggi hisobotlari shuni koʻrsatmoqzki, 2025-yilda turli mamlakatlarda elektr energiyasini ishlab chiqarish tarkibi keskin farq qilgan. «Naked Science» nashri taqdim etgan infografikada dunyoning 18 ta yetakchi davlatining energiya Balansi tahlil qilingan boʻlib, bu koʻrsatkichlar har bir mamlakatning ichki imkoniyatlari va strategik yoʻnalishlarini yaqqol namoyon etadi.

Xususan, Yevropadagi ba'zi davlatlar oʻz energetik xavfsizligini ta'minlashda ma'lum bir manbalarga haddan tashqari bogʻlanib qolgani kuzatilmoqda. Masalan, Fransiyada elektr energiyasining qariyb 69 foizi atom elektr stansiyalari hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlsa, Norvegiyada gidroenergetika 90 foizdan oshiq ulush bilan mutlaq ustunlik qilgan. Daniya esa oʻz navbatida shamol energetikasiga tayanib, elektrning yarmidan koʻpini shu manbadan olgani aytilmoqda.

AQSh rejimi va Rossiya kabi yirik davlatlarda esa tabiiy gaz asosiy energiya manbai boʻlib qolayotgani ma'lum qilingan. AQSh rejimida gaz ishlab chiqarishning qariyb 40 foizini ta'minlagan boʻlsa, Rossiyada bu koʻrsatkich 44 foizdan oshgan. Shu bilan birga, Xitoy va Hindiston kabi davlatlar hali ham koʻmirga qaramligicha qolayotgani, Hindistonda elektrning 70 foizdan ortigʻi aynan koʻmir yoqish orqali olinayotgani qayd etilgan.

Mazkur tahliliy ma'lumotlar global miqyosda energiya manbalarining taqsimlanishidagi muvozanatsizlikni va har bir region oʻziga xos qiyinchiliklarga duch kelayotganini koʻrsatadi. Garchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari global miqyosda oʻsish tendentsiyasiga ega boʻlsa-da, koʻplab davlatlar eski va an'anaviy resurslardan voz kecha olmayotgani tahlilchilar e'tiborini tortmoqda.

Source: kun.uz