Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan nufuzli Para Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik para atlet Faxriddin Hamroyevning g‘alabasi atrofida keskin va bahsli vaziyat yuzaga keldi. Musobaqaning 21-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan bellashuvlarida sportchi barcha raqiblarini ortda qoldirib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishga haqli ravishda erishgan edi.

Biroq, quvonch uzoqqa cho‘zilmadi: poyga yakunlanganidan so‘ng iordaniyalik sportchi hakamlar hay’atiga norozilik bildirib murojaat qildi. U o‘zbekistonlik atlet uni ataylab turtib yuborgani va natijaga erishishiga to‘sqinlik qilganini da’vo qildi. Hakamlar dastlab bu shikoyatni qanoatlantirib, Faxriddin Hamroyevni diskvalifikatsiya qilishdi va uning oltin medalini bekor qilishdi.

Vaziyaqtga darhol aralashgan O‘zbekiston Paralimpiada qo‘mitasi va delegatsiya mas’ullari tezkorlik bilan apellyatsiya kiritishdi. Xalqaro para yengil atletika nazorat komissiyasi mazkur shikoyat va barcha videoyozuvlarni qaytadan chuqur tahlil qildi. O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Hamroyev hech qanday qoida buzmagani va raqibiga xalaqit bermagani isbotlandi.

Komissiyaning xolis xulosasidan so‘ng o‘zbekistonlik sportchining diskvalifikatsiyasi bekor qilindi va uning haqli ravishda qo‘lga kiritgan oltin medali rasman o‘z egasiga qaytarildi. Shunga qaramay, mazkur voqea musobaqa davomidagi hakamlik va adolat masalalariga yana bir bor e'tibor qaratdi.

Source: www.gazeta.uz