Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Elektr avtomobillar bozorining yetakchisi ekanligini da'vo qiluvchi Amerikaning Tesla kompaniyasi yana bir bor o'zining yangi Roadster superkari taqdimoti bilan jamoatchilik e'tiborini jalb qilishga urindi. Nashrlar tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, mashina siqilgan havo yordamida keskin tezlanish, qisqa havo manyovrlari va bir soniyadan kam vaqtda soatiga 97 kilometr tezlikka chiqish kabi hayratlanarli xususiyatlarga ega bo'lishi kerak. Biroq, tahlilchilar bu kabi shov-shuvli bayonotlar kompaniyaning ommaviy bozordagi real va chuqurlashib borayotgan muammolarini yashira olmasligini ta'kidlamoqda.

Tarqatilgan xabarlarga ko'ra, 2026-yil 15-oktabrda taqdim etilishi kutilayotgan yangi Roadster’ning eng g'ayrioddiy imkoniyatlari siqilgan havo tizimiga asoslangan bo'lib, yuqori bosimli ballonlardagi havo avtomobilning turli qismlaridagi soplolar orqali chiqariladi. Go'yo bu tizim mashinaga qisqa vaqt havoga ko'tarilish va havoda aylanish kabi harakatlarni bajarish imkonini berishi aytilmoqda, garchi bu da'volarning qanchalik haqqoniy ekanligi noma'lumligicha qolmoqda. Shuningdek, avtomobil tagidagi ventilyatorlar havoni so'rib, uning yuzaga bosilish kuchini oshirishi ta'riflangan bo'lib, bu yechim burilishlarda g'ildiraklarning yo'l bilan tutashuvini yaxshilashga qaratilgan.

Texnik ko'rsatkichlarga tayanilsa, Roadster dvigatellarining quvvati bir megavatt, batareya sig'imi 150 kilovatt-soat bo'lishi va quvvatni tezkor to'ldirishi aytilgan. Eng ko'p e'tibor tortgan raqam – noldan soatiga 97 kilometrga 0,81 soniyada, Rocket versiyasi uchun esa 0,59 soniyada tezlanishdir. Biroq, mutaxassislar bu raqamlar shunchaki nazariy bayonotlar ekanligini va ularni mustaqil sinovlarda tasdiqlangan seriyaviy avtomobil natijalari bilan tenglashtirib bo'lmasligini eslatmoqda. Bunday keskin tezlanish haydovchiga tushadigan yuklamani keskin oshirib, oddiy versiyada 3,4 g, Rocket’da esa 4,6 g gacha yetkazishi hisoblangan.

Ishlab chiqarish 2028-yilga mo'ljallangani aytilayotganiga qaramr, narx va yo'llarda foydalanishga ruxsat masalalari hali ham ochiq qolmoqda. Avval tilga olingan 250 ming dollarlik boshlang'ich narx yakuniy emas va bu kabi qimmat superkar Tesla’ning keng bozordagi ehtiyojlarini to'liq qoplay olmaydi. Amerikalik ishlab chiqaruvchilar ommaviy segmentda narx, amaliy qulaylik va yangi modellar o'rniga robotaksilarga haddan tashqari katta umid bog'layotgani tanqid qilinmoqda. Haydovchisiz transportni keng joriy etishda murakkab yo'l sharoitlarida ishonchli ishlash va iqtisodiy samaradorlik kabi hal qiluvchi muammolar hal etilmagani aytilmoqda.

Source: kun.uz