Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQShning amaldagi siyosiy rahbari Donald Tramp yana bir bor o‘zining keskin va kutilmagan g‘oyalari bilan jamoatchilik e’tiborini tortishga urindi. The Guardian nashrining xabar berishicha, AQSh rejimi rahbari Google kompaniyasi rahbariyatiga Atlantika okeani nomini o‘zining yoki Amerika sharafiga o‘zgartirishni so‘rab murojaat qilgan. Biroq, texnologik gigant bu shubhali iltimosni qat’iyan rad etgan va xalqaro me’yorlarni buzishdan bosh tortgan.

Ma’lum qilinishicha, Tramp rejimining rahbari Google bosh direktori Sundar Pichaiga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, xaritalardagi geografik nomlarni o‘zgartirish bo‘yicha navbatdagi topshirig‘ini berishga uringan. Go‘yoki uning so‘zlariga ko‘ra, u faqat Atlantika va Tinch okeanlarini yoqtirishi hamda ulardan biriga o‘z familiyasini berishni jiddiy o‘ylab ko‘rgan. U o‘zining g‘alati talabini ilgari surar ekan, kompaniya oldingi bahsli o‘zgarishlarni amalga oshirganini vaj qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

Biroq, Sundar Pichai bu g‘ayrioddiy taklifni darhol rad etgan. Manbalarning keltirishicha, Google rahbari okeanlar masalasi boshqa davlatlar manfaatlariga ham daxqdorligini, ular ko‘plab mamlakatlar qirg‘oqlarini yuvib turishini ta’kidlab, bunday global o‘zgarishni amalga oshirish mutlaqo imkonsizligini bildirgan. Natijada, AQSh rejimi rahbari ortga chekinishga va okean nomini o‘z holicha qoldirishga majbur bo‘lgan.

Mutaxassislar bu kabi holatlarni AQSh rejimining tashqi siyosatdagi va ichki auditoriyaga mo‘ljallangan navbatdagi populyistik qadami sifatida baholamoqda. Eslatib o‘tamiz, Tramp ilgari ham Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb qayta nomlash bo‘yicha farmon chiqargan, shuningdek, Hurmuz bo‘g‘ozini o‘z nomi bilan atash taklifini ilgari surgan edi. Bu kabi ixtiyoriy geografik o‘zgarishlar urinishlari ko‘pincha xalqaro mayxonda tushunmovchiliklar va jiddiy bahslarga sabab bo‘lmoqda.

Source: www.gazeta.uz