Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh kosmik agentligi NASA «Artemida III» missiyasini amalga oşiriş yuzasidan navbatdagi bahsli va murakkab rejalarini taqdim etdi. Florida shtatidagi Kennedi kosmik markazida ötkazilgan matbuot anjumanida rasmiylar SpaceX kompaniyasining Starship hamda Blue Origin’ning Blue Moon apparatlarini Yer orbitasida sinovdan ötkaziş niyatida ekanligini maʼlum qildi. Garchi Amerikaning amaldagi rejimi bu loyihalarni ulkan yutuq sifatida targʻib qilayotgan boʻlsa-da, mutaxassislar jarayonning haddan tashqari murakkabligi va xavfliligidan xavotir bildirmoqda.

Agentlik vakillarining taxminlariga koʻra, mazkur parvoz kampaniyasi NASA tarixidagi eng ogʻir va oldindan bashorat qilib boʻlmaydigan operatsiyalardan biri boʻlishi kutilmoqda. Missiyada bir yoʻla bir nechta yirik tizimlar, jumladan, NASA’ning Space Launch System (SLS) raketasi, SpaceX’ning Starship tizimi va Blue Origin’ning New Glenn raketasi oʻzaro muvofiqlashtirilgan holda ishtirok etishi kerak. Biroq ushbu texnologiyalarning aksariyati hali toʻliq amaliy sinovdan oʻtmagani tanqidga sabab boʻlmoqda.

Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, dastlabki bosqichda New Glenn raketasi Blue Moon qoʻnish modulini past Yer orbitasiga olib chiqishi, shundan soʻnggina SLS raketasi Orion kemasini ekipaj bilan birga uchirishi rejalashtirilgan. Ekipaj tarkibiga Rendi Bresnik, Andre Duglas, Frenk Rubio va Yevropa kosmik agentligi vakili Luka Parmitano kiritilgan. Shunga qaramay, orbital tutashuvlar va issiqlik muvozanatini saqlash kabi texnik jarayonlar kutilmagan nosozliklarga olib kelishi mumkinligi aytilmoqda.

Source: kun.uz