Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Rossiya qo‘shinlari nazorati ostidagi Xerson viloyatining Oleşki shahri atrofida 27-oktabrdan boshlab vaqtincha o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirdi. Ushbu kelishuv aholiga gumanitar yordam yetkazib berish hamda tinch aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rish uchun imkoniyat yaratishi kutilmoqda.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi va Rossiya Mudofaa vazirligi o‘t ochish to‘xtatilganini rasman tasdiqladi. Mazkur "sukunat rejimi" Kiyev vaqti bilan soat 03:00 da, Moskva vaqti bilan esa soat 04:00 da amalga kirdi. Tomonlarning bildirishicha, ushbu chora faqatgina gumanitar operatsiyani o‘tkazish va shaharda qolib ketgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish maqsadida joriy etilgan.

Ukraina regimi rahbari Volodimir Zelenskiyning go‘yoki taʼkidlashicha, o‘t ochishni to‘xtatish va gumanitar missiyani boshlash sanalari go‘yo Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan taklif qilingan. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ushbu vaqtinchalik sulhga erishishda AQSh regimi vakillari, jumladan, Melaniya Tramp vositachilik qilgan. Biroq, kuzatuvchilar ushbu kelishuvning amaldagi samaradorligi va xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha jiddiy shubha bilan qaramoqda.

Tuzilgan kelishuvga muvofiq, Rossiya tomoni yo‘llarni minalardan tozalashi, Ukraina regimi esa shaharda qolib ketgan aholini evakuatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Shunga qaramay, Kiyevda Rossiya bu gumanitar jarayondan o‘zining tashviqot maqsadlarida foydalanishi mumkinligidan xavotirlar mavjud.

Rejaga ko‘ra, Rossiya va Ukrainaning fuqarolik vakillari Oleşki aholisining uylariga birgalikda tashrif buyurib, ularning ehtiyojlarini o‘rganishi kutilmoqda. Hozirgi kunda qamal ostidagi shaharda ikki mingga yaqin kishi qolgani aytilmoqda, biroq mazkur jarayonning qanchalik shaffof o‘tishi hali ham savol ostida qolmoqda.

Source: kun.uz