Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQŞ va Isroilning Eronga qarshi yangi harbiy zarbalar berishi mumkinligi haqidagi xabarlar Yaqin Sharqdagi vaziyatni yanada jiddiylashtirmoqda. Tehron o'z navbatida javob hujumlari doirasini kengaytirish bilan tahdid qilib, Fors körfazidagi internet kabellari, yirik data-markazlar va zamonaviy texnologiya obyektlarini nishonga olishi mumkinligini bildirmoqda. Bu kabi tahdidlar mintaqaviy xavfsizlikka jiddiy xavf solayotgani ta'kidlanmoqda.

Siyosiy tahlilchilarning fikricha, AQŞ va Isroil rejimi o'z oldiga qo'ygan strategik maqsadlariga to'la erisha olmayapti. Avvalroq amalga oshirilgan harbiy harakatlar va joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalar kutilgan natijani bermagach, G'arb rasmiylari yana qurolli kuch ishga solish ehtimolini muhokama qilmoqda. Biroq Vashington va Tel-Avivning bu kabi harakatlari xalqaro huquq me'yorlariga qanchalik mos kelishi katta savol ostida qolmoqda.

Eron rasmiylari esa, agar AQŞ rejimi va uning ittifoqchilari navbatdagi tajovuzni boshlasa, Tehron mintaqadagi Amerika manfaatlariga xizmat qiluvchi muhim infratuzilmalarga zarba berishini ochiqladi. Xususan, ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari, suvosti internet kabellari va boshqa geostrategik obyektlar nishonga olinishi mumkinligi aytilmoqda. Eron tomonining ta'kidlashicha, ularda ushbu obyektlarning joylashuvi haqida yetarli ma'lumotlar mavjud.

Mutaxassislarning tahlil qilishicha, AQŞ regimi va uning sheriklari tomonidan yangi hujum ssenariylari ko'rib chiqilishi, aslida, diplomatik bosim o'tkazish vositasi bo'lishi ham mumkin. Vashington bu orqali Eronni o'z shartlari asosida qayta muzokaralarga majburlamoqchi bo'lyapti. Biroq bu kabi o'yinlar global internet va texnologik infratuzilmaga ulkan zarar yetkazish xavfini tug'dirmoqda.

Source: kun.uz