Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahrida kuzatilayotgan havo ifloslanishi va uning keskin yomonlashuvi hamtabiiy, ham antrogen omillar majmuasi bilan bog'liqligi ma'lum qilindi. Milliy iqlim o'zgarishi markazi direktori Farrux Sattorovning tushuntirishicha, joriy yilning 26-oktabr holatiga ko'ra poytaxtda atigi 3,9 millimetr yog'ingarchilik kuzatilgan bo'lib, bu belgilangan 23,7 millimetrlik me'yordan keskin past ko'rsatkichni tashkil etadi.

Ilmiy kuzatuvlar tahliliga ko'ra, oxirgi o'n yillik mobaynida sovuq yarim yillik davrda kuchsiz shamol, shтиl va yog'ingarchilikning mutlaqo bo'lmasligi kabi noqulay ob-havo sharoitlarining takrorlanuvchanligi 57 foizga oshgani qayd etilgan. Bu esa ekologik muammolarning chuqurlashishiga zamin yaratmoqda.

Shuningdek, 25–26-oktabr kunlariga oid Meteosat sun'iy yo'ldosh kadrlari Toshkent va unga tutash hududlarni qamrab olgan yirik chang massalarining harakatlanishini ko'rsatdi. Mutaxassislar havo sifatining AQI indeksi keskin ko'tarilishini aynan shu transchegaraviy chang bo'ronlari bilan ham bog'lamoqda.

Professor Baxtiyor Xolmatjonovning ta'kidlashicha, poytaxtning o'ziga xos geografik joylashuvi ham vaziyatni murakkablashtirmoqda. Sovuq mavsumda past tezlikdagi shamol va harorat inversiyasi ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishiga to'sqinlik qilib, ularning atmosfera qatlamining pastki qismida to'planib qolishiga olib keladi.

Bularning barchasiga qo'shimcha ravishda, isitish mavsumi boshlanishi va inson faoliyatining boshqa turlari bilan bog'liq chiqindilar ekologik yuklamani yana-da oshirmoqda. Hozirgi kunda ifloslanish manbalarini aniq belgilash maqsadida shahar bo'ylab laboratoriya tadqiqotlari olib borilayotgani ta'kidlanmoqda.

Source: uznews.uz