Braziliyalik senator va sobiq prezidentning o‘g‘li Flavio Bolsonaro yakshanba kungi saylovdagi mag‘lubiyatdan so‘ng mamlakatni tark etib, Qo‘shma Shtatlarga yo‘l olgani haqida xabarlar tarqaldi. «Folha de S.Paulo» va Reuters nashrlari senatorga yaqin manbalarga tayanib, uning mamlakatdan chiqib ketganini da’vo qilmoqda.
Avvalroq Braziliya Oliy sudi Flavio Bolsonaroga mamlakatni tark etishining oldini olish maqsadida pasportlarini topshirish talabini qo‘ygan edi. Biroq, seshanba kunigacha senator ushbu sud buyrug‘ini bajarmagani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi AFP axborot agentligi.
Shuningdek, politsiya mulozimiga tayanib tarqatilgan ma'lumotlarga ko'ra, Bolsonaroning pasportlari rasman bekor qilingan, biroq uning chegarani kesib o'tgani haqida rasmiy qaydlar mavjud emas. Vaziyat atrofidagi chalkashliklar davom etmoqda.
Source: www.dw.com