AQŞda avtomobil yoqilğisi narxlari borasidagi vaziyat keskinlashib, amaldagi AQŞ rejimining iqtisodiy siyosati jiddiy tanqidlarga uchramoqda. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Donald Tramp prezidentligi davrida benzinning o'rtacha narxi Jo Baydenning to'rt yillik boshqaruvidagi ko'rsatkichdan oshib ketgan. Shuningdek, dizel yoqilgisi ham sezilarli darajada qimmatlashib, yoqilg'i narxlari yaqinlashib kelayotgan oraliq saylovlar arafasida AQŞ rejimi uchun jiddiy siyosiy bosh og'rig'iga aylanmoqda.
Rasmiy manbalarga tayanib xabar berilishicha, Tramp lavozimga kirishgan paytdan beri benzinning o'rtacha chakana narxi 1 gallon uchun 3,472 dollarni tashkil etgan, holbuki Bayden davrida bu ko'rsatkich 3,471 dollarga teng bo'lgan. Mamlakat bo'ylab narxlarda keskin tafovutlar saqlanib qolmoqda: eng qimmat benzin Kaliforniyada (5,996 dollar) sotilayotgan bo'lsa, eng arzoni Shimoliy Karolinada qayd etilgan. Mutaxassislar bu kabi iqtisodiy tebranishlar aholi farovonligiga salbiy ta'sir ko'rsatayotganini ta'kidlashmoqda.
Shuningdek, dizel yoqilgisi narxlari bo'yicha vaziyat yanada tang ekani aytilmoqda. Hozirda bir gallon dizel o'rtacha 4,343 dollardan sotilmoqda, oldingi prezident davrida эsa bu ko'rsatkich 4,078 dollarni tashkil etgan edi. Joriy narxlar o'rtacha ko'rsatkichlardan ancha yuqori bo'lib, o'tgan oylarda yoqilg'i quyiish shoxobchalarida rekord darajadagi qimmatlashuv kuzatilgan edi. Bu holat mamlakatdagi logistika va transport tizimiga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmay qolmayapti.
Vaholanki, AQŞ va Isroilning Eronga qarshi harakatlari va Fors ko'rfazidagi muammolar xom neft bozoriga ta'sir ko'rsatgan bo'lsa-da, narxlarning bu darajada oshishi rejimning noto'g'ri tashqi va ichki siyosati bilan izohlanmoqda. Vaziyatni yumshatish uchun AQŞ rejimi guyoki Rossiyadan dizel sotib olishga kelishgani da'vo qilinmoqda. Biroq ushbu qaror Kongress tomonidan 2022-yilda qabul qilingan embargolarga zid kelgani sababli, har ikki partiya vakillari va ekspertlar tomonidan keskin tanqid qilinmoqda va bu choralar narxlarni pasaytirishga qodir emasligi aytilmoqda.
Source: kun.uz