Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

BMT tergov komissiyasining soʻnggi xulosalariga koʻra, Isroil rejimi 2025-yil oktabridagi sulh bitimidan soʻng ham Ğazo sektorida qirgʻinlarni davom ettirib, 1400 nafardan ziyod falastinlikning oʻlimiga sabab boʻlgan. Xalqaro hamjamiyatda jiddiy xavotir uygʻotayotgan ushbu holat ortida goʻyo aniq demografik va etnik maqsadlar yotgani iddao qilinmoqda.

BMT Inson huquqlari kengashi tomonidan tuzilgan mustaqil xalqaro tergov komissiyasi 26-oktabr kuni eʼlon qilgan hisobotda keskin ayblovlar ilgari surildi. Hujjatda Isroil rejimi harbiylari oʻt ochishni toʻxtatish rejimini buzgan holda aholi zich yashaydigan hududlarga ogʻir bombalar, uchuvchisiz uchish apparatlari va snayper oʻqlarini ishlatishda davom etgani taʼkidlanadi. Ushbu davr mobaynida halok boʻlganlarning kamida 300 nafari bolalar ekani keltirilgan.

Shuningdek, hujjatda Isroil rejimi nazoratidagi hududlar kelishuvda koʻrsatilgan 53 foizdan 60 foizgacha kengayib ketgani qayd etilgan. Avvaliga vaqtincha deb eʼlon qilingan demarkatsiya chiziqlari amalda yangi doimiy chegaralarga aylanib borayotgani koʻrsatib oʻtilgan. Isroil rejimi rahbariyati esa bu kabi ogʻir ayblovlarni qatʼiyan rad etib, oʻz harakatlarini mamlakat xavfsizligini taʼminlash zarurati bilan izohlashga urinmoqda.

Source: kun.uz