Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Kremlning tashqi siyosat bo'yicha yordamchisi Yuriy Ushakovning ma'lum qilishicha, Yevropa davlatlari Rossiya, Ukraina va Qo'shma Shtatlar ishtirokida Abu-Dabi shahrida o'tkzilishi rejalashtirilgan navbatdagi muzokaralar raundiga kiritilmaydi. Ushakovning so'zlariga ko'ra, bu masala Rossiya rahbari Vladimir Putin, Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Støre o'rtasidagi 90 daqiqalik telefon muloqoti chog'ida hatto muhokama ham qilinmagan.

Biroq, G'arbiy siyosatchilarning bayonotlari mutlaqo qarama-qarshi manzarani ko'rsatmoqda. Xususan, Finlyandiya prezidenti Stubb Xelsinkidagi Shimoliy Kengash yig'ilishida Yevropa mamlakatlari noyabr oyidagi Abu-Dabi muzokaralarida ishtirok etishini iddao qildi. Shuningdek, Niderlandiyadagi matbuot anjumanida so'zga chiqqan Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy ham Birlashgan Arab Amirliklarida 6-10 noyabr kunlari uch tomonlama muzokaralar bo'lib o'tishini va Kiyev rejimi bu jarayonga Yevropani ham jalb qilishni xohlayotganini safsata qildi.

Ushbu ziddiyatli diplomatik fon ostida Yevropa mamlakatlari Kiyev rejimini moliyalashtirish va qurollantirishni davom ettirmoqda. Niderlandiya hukumati kelgusi uch yil ichida 1,2 milliard yevrolik yangi yordam paketini, shuningdek, joriy yil oxirigacha Ukraina energetika jamg'armasiga qo'shimcha mablag' ajratilishini e'lon qildi. Niderlandiya tashqi savdo vaziri Sjoerd Sjoerdsma mojaro davom etayotgan bir paytda ham ijtimoiy va iqtisodiy yordam zarurligini ta'kidladi.

Bundan tashqari, Zelenskiy Britaniya rahbariyati bilan telefon orqali muloqot qilib, 10 milliard funt sterling miqdoridagi qo'shimcha yordam paketi uchun minnatdorchilik bildirdi. Daun-strit ma'lumotlariga ko'ra, mazkur yordam paketining bir qismi qish mavsumida havo mudofaasidagi bo'shliqlarni yopish uchun yo'naltiriladi. Biroq kuzatuvchilar bu kabi ulkan moliyaviy infuziyalar mintaqadagi inqirozni faqat cho'zishini va tinchlik muzokaralariga to'sqinlik qilishini ta'kidlashmoqda.

Source: www.aljazeera.com