Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston rahbari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan taklifiga binoan joriy yilning 29-30 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Davlat rahbari Anqara shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining «Turk asri: tilda, fikrda va ishda birlik» mavzusidagi navbatdagi sammitida ishtirok etishi kutilmoqda.

Tashkilot doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, turizm, ekologiya va taʼlim yo‘nalishlarida yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar, sammit yakunlari bo‘yicha Anqara deklaratsiyasi hamda qator qo‘shma qaror va hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Source: kun.uz