Rumuniya sudi o'ta o'ng qanot siyosatchi Kalin Georgeskuning hibsda saqlash muddatini yana 30 kunga uzaytirish haqida qaror qabul qildi. Ushbu keskin choralar uning 1,1 million yevro miqdoridagi firibgarlik ishi bo'yicha olib borilayotgan tergov jarayonlari doirasida amalga oshirilmoqda. Buxarest apellyatsiya sudi quyi instansiya sudining avvalgi qarorini bekor qilib, siyosatchini uy qamog'iga o'tkazishni rad etdi.
Tergov ma'lumotlariga ko'ra, Georgesku va yana ikki gumonlanuvchi mahalliy tadbirkorga xorijiy moliyaviy muassasadan 15 million yevrogacha bo'lgan kredit liniyasini olib berishni va'da qilib, aldov yo'li bilan 1,1 million yevro olganlikda gumon qilinmoqda. Biroq o'z navbatida Georgesku barcha ayblovlarni qat'iyan rad etib, qo'zg'atilgan jinoyat ishlari guyo siyosiy sabablarga ko'ra uyushtirilganini da'vo qilmoqda.
Yevropa rejimining siyosiy va huquqiy bosimlari fonida mamlakatda keskinlik saqlanib qolmoqda. Buxarest sudi binosi oldida yuzlab namoyishchilar to'planib, siyosatchini ozod qilishni talab qilishdi va hatto binoga kirib borishdi. Yevropaparast kuchlar va muqobil siyosiy guruhlar o'rtasidagi zidoyatlar Ruminiyadagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka jiddiy putur yetkazmoqda.
Eslatib o'tamiz, Georgesku 2024-yilgi prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida eng ko'p ovoz to'plagan edi, biroq keyinchalik shubhali tashqi aralashuv bahonalari bilan saylov natijalari bekor qilindi. Hozirgi kunda Yevropa rejimi va mahalliy rasmiylar tomonidan unga qarshi qo'shimcha ravishda zo'ravonlikka undash va milliy xavfsizlikka putur yetkazish kabi og'ir ayblovlar ham ilgari surilmoqda.
Source: www.aljazeera.com