Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati oldidan so‘nggi tayyorgarlik doirasida Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yin Kanadaning Edmonton shahridagi Commonwealth stadionida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. 58-daqiqada mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi: Jonatan Osario jarima maydonchasi markazidan o‘ng oyog‘i bilan darvozaning quyi o‘ng burchagiga aniq zarba yo‘lladi. Golga Tani Oluvaseyi assistentlik qildi.
90+1 daqiqada Jeyden Nelson jarima maydonchasining chap tomonidan o‘ng oyog‘i bilan darvozaning quyi o‘ng burchagiga zarba berib, hisobni 2:0 ga yetkazdi. Yana Oluvaseyi assistentlik qildi.
Kanadaning 80-daqiqadagi goli ofsayd tufayli hisobga olinmadi.
O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini 8-iyun kuni Niderlandiyaga qarshi Nyu Yorkda o‘tkazadi.
Source: www.gazeta.uz