Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

31 may kuni Paxtachi tumanida fojiali hodisa yuz berdi. 42 yoshli erkak yangi sotib olgan elektr velosipediga bolalarni ortib, ularni aylantirmoqchi bo‘lgan, ammo ehtiyotsizligi tufayli transport vositasi Narpa kanaliga qulab tushdi.

Hodisa “Ukrach” mahallasida sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, elektr velosipedda jami 8 kishi bo‘lgan: er-xotin, ularning uch farzandi va yana uch nafar bola. Erkak kanal bo‘ylab oldinga ketmoqchi bo‘lgan, biroq tasodifan orqaga harakatlanib, velosipedni suvga ag‘darib yuborgan.

Natijada 3, 6, 9 va 10 yoshli to‘rt nafar bola cho‘kib halok bo‘ldi. Mahalla aholisi tun bo‘yi bolalarning jasadlarini qidirgan. Uchtasi shu kuni, to‘rtinchisi esa 1 iyun kuni ertalab topilgan.

Halok bo‘lganlarning ikki nafari erkakning o‘z farzandlari, qolgan ikkitasi esa qo‘shni bolalari ekan. Rasmiy ma’lumotlar hali kelib tushmagan.

Source: kun.uz