Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Viloyat FVB matbuot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, 2 iyun kuni soat 04:14 da 112 favqulodda raqamiga Termiz shahridagi “Do'stlik” mahallasida joylashgan “Biznesni rivojlantirish banki” Termiz filiali ofisiga tegishli uchta bankomatda yong‘in sodir bo‘lgani haqida qo‘ng‘iroq kelib tushgan.

Voqea joyiga soat 04:19 da yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib kelgan. Yong‘in soat 04:20 da mahalliylashtirilgan va soat 04:28 da to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Hozirda yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Source: uznews.uz