Seshanba kuni kechqurun Toshkentda kuchli shamol yana shoxlar va butun daraxtlarning qulashiga, turli konstruksiyalarning shikastlanishiga olib keldi.
Ba’zi hududlarda avtomobillar, svetoforlar va elektr simlari shikastlangan. Avvalroq O‘zgidromet va poytaxt hokimligi shamol kuchayishi haqida ogohlantirgan edi.
Katta daraxt Labzak ko‘chasidagi yo‘lning qatnov qismiga qulab, svetoforni ag‘darib yuborgan va harakatning bir yo‘nalishini butunlay to‘sib qo‘ygan.
Shu hududda turar-joy binosi hovlisida daraxt qulab tushgan. Hodisa oqibatlari Gazeta muxbiri Yevgeniy Sorochin olgan suratlarda aks etgan.
Source: www.gazeta.uz