Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentdagi xususiy klinikalardan birining 33 yoshli shifokori S.S. amaliyot o'tayotgan talaba qizlarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik qilgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanishdi.

2026-yil 26-mart kuni shifokor o'z xizmat xonasida amaliyotga kelgan talaba qizga jinsiy aloqaga kirishishni taklif qilgan. 2026-yil 28-aprelda esa u boshqa bir talaba qizni zo'ravonlik qilib, unga uylanishni xohlayotganini aytgan va amaliyot kunlarini o'tkazib yuborgani uchun ijobiy baho qo'yishga va'da bergan.

Shifokor aybni qisman tan oldi. U birinchi talaba qizni zo'ravonlik qilmaganini, ikkinchisini esa chin dildan sevib qolganini da'vo qildi. Talaba qizlar esa S.S.ga nisbatan qonuniy choralar ko'rishni so'rab murojaat qilishgan. Ulardan biri shifokor bilan suhbatni diktofonga yozib olganini ma'lum qildi.

2026-yil 1-iyunda Olmazor tuman sudi S.S.ni Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida (Jinsiy zo'ravonlik) nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganlikda aybdor deb topdi va unga 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq O'rtachirchiq tumanida maktab direktori o'quvchisini zo'ravonlik qilgani uchun 5 sutkaga hibsga olingan edi.

Source: kun.uz