O‘zbekistonda sug‘urta agentlari faoliyatiga oid yangi talablar rasman tasdiqlandi. Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan hujjatga ko‘ra, agentlarning komission mukofoti miqdori kompaniya hisobiga tushgan sug‘urta mukofoti summasining 25 foizidan oshmasligi kerak.
Yangi tartibga ko‘ra, sug‘urta agentlari jismoniy va yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin. Ular sug‘urtalovchi nomidan va uning topshirig‘iga binoan shartnoma asosida ish olib boradilar.
Sug‘urta kompaniyalari tuzilgan agentlik shartnomalarini Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida bir kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazishlari shart. Har bir vositachiga individual ID-raqam beriladi. Bozor shaffofligini ta’minlash uchun sug‘urtalovchilar o‘z agentlari faoliyatini kamida olti oyda bir marta monitoring qilishlari kerak.
Milliy istiqbolli loyihalar agentligi (MILA) vijdonsiz sug‘urta agentlari reestrini yuritadi va u idoraning rasmiy veb-saytida ochiq joylashtiriladi.
Kreditlash sohasida muhim yangilik: bank krediti olish bilan bog‘liq sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirishda qarz oluvchi sug‘urta kompaniyasini ixtiyoriy va mustaqil tanlash huquqiga ega bo‘ldi.
Source: podrobno.uz