O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil boshida mamlakat aholisining qariyb 56 foizi mehnatga layoqatli yoshda bo‘lgan.
Aholining yosh tarkibi tahliliga ko‘ra, asosiy qismni mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar tashkil etadi – 21,3 million kishi yoki umumiy aholining 55,8 foizi. 2026-yil boshida O‘zbekiston aholisi soni 38,2 million kishiga yetgan.
Yoshlar ulushi ham sezilarli darajada: 12,3 million kishi yoki 32,1 foiz mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar toifasiga kiradi.
Mehnatga layoqatli yoshdan katta fuqarolar soni esa 4,6 million kishini tashkil etib, bu aholining 12,1 foiziga teng.
Qayd etish joizki, mehnatga layoqatli fuqarolar soni o‘tgan yilga nisbatan biroz kamaygan. 2025-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, doimiy aholi soni 37,7 million kishini tashkil etgan bo‘lib, ulardan 21,1 millioni yoki 56 foizi mehnatga layoqatli edi.
Source: podrobno.uz