Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatda Yevropa Ittifoqidan chiqarib yuborilgan muhojirlar uchun maxsus markazlar tashkil etilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bunday markazlarni joylashtirish rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. “Hozirda ushbu masala bo‘yicha Yevropa Ittifoqi institutlari bilan muzokaralar olib borilmayapti va rejalashtirilmagan”, — deyiladi bayonotda.

Gap Yevropa Ittifoqi hududida qolish huquqiga ega bo‘lmagan uchinchi davlat fuqarolarini qaytarishning yangi qoidalari haqida ketmoqda. Yevropa Kengashi va Yevroparlament deportatsiyani tezlashtirish va ittifoq mamlakatlariga “qaytish markazlari” deb ataladigan markazlarni tashkil etishga ruxsat beruvchi hujjatni oldindan kelishib oldi.

Bunday maydonchalar uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar asosida va inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga rioya qilgan holda ishlashi mumkin.

Source: podrobno.uz