Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

1-iyun kuni Sirdaryo viloyati hududidagi M39 xalqaro trassasida Sirdaryoda ro‘yxatdan o‘tgan Cobalt haydovchisi boshqa bir Cobalt (Surxondaryo raqami) harakatiga to‘sqinlik qilib, yo‘lni to‘sib qo‘ygan.

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-10-moddasi 1-qismi (Yo‘l bezoriligi) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan va avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Hujjatlar Mirzaobod tuman sudiga yuborilgan.

Qonunchilikka ko‘ra, bunday qoidabuzarlik uchun haydovchi 1-2 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilinishi va 25 BHV miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda Damas va Nexia o‘rtasidagi poygada ikki yosh yigit halok bo‘lgan edi.

Source: kun.uz