Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Avstriya Federal kansleri Kristian Shtoker bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston-Avstriya munosabatlarini rivojlantirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Alohida ravishda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi va qo‘shma loyihalar uchun yangi imkoniyatlar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro ishonch va hurmat ruhida sheriklikni kengaytirishdan manfaatdorligini tasdiqladilar.
Source: uznews.uz