Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Avvalroq Sergeli tumanida gastronomik ko‘cha tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.

Bugun, 3-iyun kuni, poytaxt hokimi tomonidan imzolangan hujjatga ko‘ra, Toshkentning Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli ko‘chasi tunu-kun ishlaydigan sayyohlik ko‘chasiga aylantiriladi.

Ushbu maqsadlar uchun Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasidan 5 milliard so‘m ajratiladi.

Hujjat qurilish va ta’mirlash ishlari, hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va zamonaviy shahar infratuzilmasini yaratishni moliyalashtirishni nazarda tutadi.

Source: uznews.uz