Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan birida 3-iyun kuni fuqaro membranali suv havzasiga tushib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, oxirgi paytlarda qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanilayotgan membranali suv havzalari bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar bir necha marotaba kuzatilgan. Mutaxassislar bunday havzalar sirpanchiq qoplama va maxsus qutqaruv vositalari yo‘qligi sababli, unga tushib qolgan inson mustaqil ravishda chiqib keta olmasligini ta’kidlaydi.

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi fermer xo‘jaliklari egalari va mas’ullarni xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Xususan, suv havzalari atrofini to‘siqlar bilan o‘rash va ichiga qutqaruv arqonlarini joylashtirish zarurligi qayd etildi.

Source: www.gazeta.uz