Futbol bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktablarda “Muxlislar maydoni” loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda, deya xabar berdi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
Loyiha doirasida respublikaning 208 ta tuman va shaharlarida maxsus maktablar belgilab olingan. Ushbu muassasalarda o‘quvchilar, ota-onalar va futbol ishqibozlari uchun zarur qulayliklar yaratiladi.
Xususan, muxlislar O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi uchrashuvlarni katta ekranlar orqali jonli efirda kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari jadvali quyidagicha belgilangan (uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan):
O‘yinlar namoyish etiladigan maktablarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin (kattalashtirish uchun bosing):
Source: www.gazeta.uz