Toshkent viloyatida Milliy xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari tomonidan davlat zaxirasidagi yer uchastkasini noqonuniy sotishga urinish aniqlandi.
47 yoshli toshkentlik fuqaro tadbirkorning ishonchiga kirib, Yangiyo‘l tumanidagi 1,5 gektar yerni rasmiylashtirishda yordam berishni va’da qilgan. Buning evaziga u 750 ming dollar talab qilgan.
Gumonlanuvchi 20 ming dollar miqdoridagi avansni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Ashyoviy dalillar rasmiylashtirilgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Huquq-tartibot organlari fuqarolarni bunday korrupsiya va firibgarlik holatlariga duch kelganda 1520 ishonch telefoniga murojaat qilishga chaqiradi. Anonimlik kafolatlanadi.
Source: podrobno.uz