Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yandex Uzbekistan kompaniyasi Toshkentda eshitish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun Yandex Lavka darkstorlarida ish o‘rinlarini yaratdi. Mutaxassislar buyurtmalarni yig‘ish va qadoqlash, yetkazib berishlarni qabul qilish va joylashtirish, tovarlar mavjudligini nazorat qilish hamda omborda tartibni saqlash kabi vazifalarni bajaradi.

Loyiha Toshkent shahridagi “Sharoit Plus” nogironlar jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Tashkilot nomzodlarni tanlash, ularni suhbatga tayyorlash va moslashish davrida mutaxassislarga hamrohlik qilishda yordam beradi. Shuningdek, “Sharoit Plus” o‘zbek imo-ishora tili tarjimonlarini taqdim etadi va Yandex Lavka jamoalari uchun kar va zaif eshituvchi mutaxassislar bilan muloqot qilish bo‘yicha treninglar o‘tkazadi.

Mutaxassislar uchun o‘quv materiallari subtitrlar bilan to‘ldirildi, darkstor jamoalari uchun esa eshitish imkoniyati cheklangan mutaxassislar bilan ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar tayyorlandi.

Hamkorlik uchun arizalarni 18 yoshdan oshgan, to‘liq kun ishlashga va yozma ma’lumotni o‘qishga tayyor bo‘lgan erkaklar va ayollar topshirishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Prezident huzuridagi Milliy ijtimoiy himoya agentligi direktori Mansurbek Olloyorovning ta’kidlashicha, inklyuziv muhitni rivojlantirish uchun nafaqat texnologik yechimlar, balki nogironlar uchun bandlik imkoniyatlarini yaratishga tizimli yondashuv ham muhimdir. Yandex Uzbekistan ushbu yo‘nalishni izchil rivojlantirib, xizmatlarni moslashtirmoqda, qulay muhit yaratmoqda va eshitish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yangi imkoniyatlarni ishga tushirmoqda.

Yandex Uzbekistan kompaniyasi nogironlar uchun qulaylik va moslashuv yo‘nalishini rivojlantirmoqda. Kompaniyaning to‘qqizta xizmati, jumladan Yandex Go, Alisa AI, Pochta, Brauzer, Yandex Music va Yandex Books, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi foydalanuvchilar uchun funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekistonda xizmat Milliy ijtimoiy himoya agentligi bilan hamkorlikda ijtimoiy taksi loyihasini rivojlantirmoqda. Yandex Go bilan 700 ga yaqin kar va zaif eshituvchi haydovchi hamkorlar ishlaydi, xizmat yo‘lovchilari esa nogironlar uchun maxsus opsiyalar bilan sayohat qilishlari mumkin.

Source: uznews.uz