Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida 40 ta zamonaviy avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchasi qurilishi rejalashtirilgan. Tegishli manzilli ro‘yxat Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi qarori bilan tasdiqlangan.

Qarorga ko‘ra, poytaxtning turli tumanlarida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli ro‘yxati belgilangan.

Unga muvofiq, Sergeli, Bektemir, Chilonzor, Yangihayot, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Olmazor, Uchtepa va Yunusobod tumanlarida 40 ta zamonaviy yoqilg‘i quyish shoxobchasi tashkil etiladi. Loyihalar 10 yillik davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, qaror doirasida Olmazor va Chilonzor tumanlarida zamonaviy fudkort, sport maydonchalari va avtoturargohlarni o‘z ichiga olgan majmualar qurilishi loyihalari tasdiqlangan.

Mas’ul shaxslarga ushbu ob’ektlarni shaharsozlik normalari va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash topshirilgan.

Source: kun.uz