Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahar SGB va GUVB xodimlari tomonidan kriptoaktivlar noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi.

Ushbu guruh ijtimoiy tarmoqlarda davlat amaldorlari, taniqli shaxslar va hatto prezident obrazlaridan foydalanib, odamlarni investitsiya platformasiga mablag‘ kiritishga ishontirgan.

Gumonlanuvchilar tomonidan amalga oshirilgan P2P operatsiyalari va noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi hajmi 1,5 million USDT dan oshgan.

Shuningdek, guruh a’zolari 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosini aldab, ularni mukofot evaziga Qozog‘istonga olib chiqib, u yerda ularning nomiga bank kartalarini ochib, keyinchalik kriptovalyuta operatsiyalarida foydalangan.

Tergov davomida ushbu jinoiy sxema ortida xorijlik firibgarlar turgani aniqlangan. Biroq jinoyatlarning bevosita ijrochilari o‘zbekistonliklar bo‘lgan.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi 3-qismi “a” bandi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish, o‘ta katta miqdorda sodir etilgan) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda sanksiyasi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish tanlangan, tergov davom etmoqda.

Source: uznews.uz